Senzura eng qattiq bo‘lgan 10 ta mamlakat aniqlandi

  • 19:02 / 10.09.2019
  • 1002

Jurnalistlarni himoya qilish qo‘mitasi eng qattiq senzura bo‘lgan o‘n mamlakatni ma'lum qildi. Ro‘yxat 10-sentabr, seshanba kuni Jurnalistlarni himoya qilish qo‘mitasining (CPJ) maxsus hisobotida e'lon qilindi.

CPJ ma'lumotlariga ko‘ra, quyidagilar eng qattiq senzura bo‘lgan davlatlar deb topildi: Eritreya, Shimoliy Koreya, Turkmaniston, Saudiya Arabistoni, Xitoy, Vetnam, Eron, Ekvatorial Gvineya, Belarus, Kuba.

Ushbu ro‘yxatdan faqat hukumat ommaviy axborot vositalarini qattiq nazorat qiladigan davlatlar o‘rin olgan. Suriya, Yaman va Somali kabi mamlakatlarda jurnalistlar uchun sharoitlar mojarolar va nodavlat omillar oqibatida kelib chiqqani hisobga olingan.

Teglar