Shahobiddin Zoirov bolgariyalik raqibini mag‘lub etdi

  • 16:40 / 18.09.2019
  • 270

Yekaterinburg shahrida boks bo‘yicha jahon chempionatining o‘ninchi kun bellashuvlariga start berildi. Chorak final bosqichini Shahobiddin Zoirov (-52 kg) bolgariyalik Daniel Asenovga qarshi bahs bilan boshlab berdi.

Shiddatli va murosasiz kechgan bellashuv yakuni bo‘yicha Shahobiddin Zoirov yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Shu tariqa, bokschi o‘zi uchun jahon chempionatining kamida bronza medalini naqd qilib qo‘ydi. Sportchi finalga chiqish uchun fransiyalik Billol Bennama bilan to‘qnash keladi.