Shahobiddin Zoirov jahon chempionatining oltin medalini qo‘lga kiritdi

  • 20:40 / 21.09.2019
  • 800

Rossiyaning Yekaterinburg shahrida boks bo‘yicha jahon chempionatining final bellashuvlari boshlandi. Oltin medal uchun kechadigan janglarni -52 kilogramm vazn toifasida hamyurtimiz Shahobiddin Zoirov hindistonlik Amit o‘rtasidagi bahs boshlab berdi.

3 raund murosasiz va qiziqarli kechgan jang yakuni bo‘yicha Shahobiddin Zoirovning qo‘li balandi keldi va jahon chempionatining oltin medalini qo‘lga kiritdi.