Shakar iste’molini kamaytirish sirlari

  • 21:42 / 24.09.2019
  • 862

Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti kuniga 10 foizdan ko‘p erkin qand (ovqat tayyorlanayotganda yoki qayta ishlanayotganda qo‘shiladigan shakar) iste’mol qilmaslikni maslahat beradi. Buni umumiy kaloriya miqdorining 5 foizigacha qisqartirgan ma’qul. Masalan, sutkasiga 2000 kkal iste’mol qilsangiz, ularning ichida shakar miqdori 100-200 kkaldan yuqori bo‘lmasligi kerak (kuniga 5-10 choyqoshiq shakar).

Картинки по запросу 4 совета, которые точно помогут есть меньше сахара

Ovqatni ko‘proq uyda tayyorlang

O‘z oshxonangizda ovqatga qancha shakar solishni o‘zingiz hal qilasiz. Do‘kon yoki kafedagi ozuqaga qo‘shilgan shakar miqdorini esa ishlab chiqaruvchi yoki oshpaz belgilaydi. Ular odatda me’yordan ortiq foydalanishadi. 

Mahsulotlar etiketkasini tekshiring

Odatda nima iste’mol qilayotganingizni tekshiring. Shakarni biz umuman kutmagan mahsulotlar: masalan, “tabiiy” yogurtga ham qo‘shishadi. 

Shakarning turli “nom”lari borligini nazardan qochirmang, bular: asal, siroplar, glyukoza, patoka, fruktoza, dekstroz va boshqalar. Ro‘yxatni yana davom ettirish mumkin.

Картинки по запросу 4 совета, которые точно помогут есть меньше сахара

 Shirin mahsulotlarni foydali analoglariga almashtiring
Masalan: 
Shirin gazlangan suvni – mevali suvga yoki uy sharoitida tayyorlangan limonadlarga;
Har qanday shirinliklarni – mevalarga;
Qo‘shimchalar qo‘shilgan shirin yogurtlarni – tabiiy yogurtlarga. Yoki yogurtga mevalarni o‘zingiz qo‘shing. 

To‘yib uxlang

Organizm uyquga to‘ymasa, uning o‘rnini ovqat bilan to‘ldiradi va ko‘p hollarda aynan shirin narsalarni tanlaydi. Chunki shakar boshqa moddalardan ko‘ra tezroq zarur energiya o‘rnini to‘ldiradi. Uyquni joyiga tushirish uchun meditatsiyalar, jumladan, uyqu vaqtida tana holatini to‘g‘ri tanlash va nafas mashqlari yordam beradi.