Shavkat Mirziyoyev Pokiston Prezidentiga hamdardlik bildirdi

  • 12:06 / 23.05.2020
  • 165

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Karachi shahrida ro‘y bergan aviahalokat oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan Pokiston Islom Respublikasi Prezidenti Orif Alvi va Bosh vaziri Imron Xonga ta’ziya maktubi yo‘lladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Davlat rahbari Pokiston xalqiga, marhumlarning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 22-may kuni Pokistonning Karachi shahrida yo‘lovchi samolyoti aviahalokatga uchragani haqida xabar berilgandi.