Shavkat Mirziyoyev Prezident maktabining faxriy mehmonlar kitobiga samimiy tilaklarini yozib qoldirdi

  • 20:50 / 10.09.2019
  • 149

Prezident rasmiy kanalida Shavkat Mirziyoyevning Prezident maktabi faxriy mehmonlar kitobiga yozib qoldirgan samimiy tilaklari e'lon qilindi:

“ ...Yangi O‘zbekistonimizni yuksak taraqqiyot bosqichiga ko‘tarishdek ezgu niyatimizga yangicha va mustaqil fikrlaydigan, o‘z Vatanini jonidan ortiq sevadigan, uning yorug‘ kelajagi uchun sadoqat bilan xizmat qiladigan, fidoyi yoshlarni tarbiyalash orqali erishamiz.
Ana shunday salohiyatli va barkamol kadrlarni tayyorlash maqsadida respublikamizning har bir hududida mutlaqo zamonaviy shakldagi ta'lim muassasalari – Prezident maktablarini tashkil etdik.
Men ishonaman, bu maskanlar jonajon O‘zbekistonimizning ertangi taqdirini o‘z qo‘liga olishga, globallashuv davrida keskin bellashuv va raqobatlarda g‘olib bo‘lishga qodir shaxslarni – yangi Xorazmiylar, Farg‘oniylar, Beruniylar, Ulug‘beklarni tarbiyalab yetishtiradi.
Poytaxtimiz Toshkent shahrida faoliyat boshlagan Prezident maktabi xalqimizning ulug‘vor va olijanob orzu-niyatlarini ro‘yobga chiqarishda barchaga namuna bo‘lishiga tilakdoshman”.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
                       Shavkat Mirziyoev