Shavkat Mirziyoyev Qosim-Jomart Toqayevga ta’ziya bildirdi

  • 18:00 / 27.12.2019
  • 128

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Olmaota shahrida ro‘y bergan aviahalokat oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart Toqayevga ta’ziya maktubi yo‘lladi. 

Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Shavkat Mirziyoyev halok bo‘lganlarning oila a’zolariga chuqur hamdardlik bildirib, jarohat olganlarning barchasi tez fursatda sog‘ayib ketishini tiladi.