Shavkat Mirziyoyev Turkiya Prezidentini Yangi yil bilan tabrikladi 

  • 18:22 / 31.12.2019
  • 167

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 31-dekabr kuni Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an bilan telefon orqali muloqot qildi. Davlat rahbarlari kirib kelayotgan Yangi yil bilan bir-birlarini samimiy qutladilar.
Suhbat davomida 2019-yil ikki mamlakat o‘rtasidagi do‘stlik va strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlashda muhim bo‘lgani mamnuniyat bilan ta’kidlandi. O‘zbekistonning Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashiga to‘la huquqli a’zo sifatida kirganining tarixiy ahamiyati qayd etildi.
Shuningdek, muloqot davomida Prezidentlar bo‘lajak oliy darajadagi uchrashuvlar siyosat, iqtisodiyot, transport kommunikasiyalari, turizm, ta’lim, sog‘liqni saqlash va boshqa yo‘nalishlardagi o‘zaro manfaatli sheriklikni yanada mustahkamlash uchun muhim bo‘lishini qayd etdilar.
Xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik masalalar yuzasidan fikr almashildi.