Shavkat Mirziyoyevning yangi asari nashrdan chiqdi

  • 16:55 / 09.10.2019
  • 102

“Oʻzbekiston” nashriyot-matbaa ijodiy uyi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Niyati ulugʻ xalqning ishi ham ulugʻ, hayoti yorugʻ va kelajagi farovon boʻladi” nomli yangi asari nashrdan chiqarildi.

Mazkur kitob Prezident asarlarining 3-jildi hisoblanib, kitob 3 boʻlimdan iboratdir.

Asarning birinchi boʻlimiga mamlakatimiz siyosiy-ijtimoiy hayotidagi eng muhim voqealar munosabati bilan soʻzlangan nutq va maʼruzalar kiritilgan.

Kitobning ikkinchi boʻlimidan esa xorijiy davlatlar va nufuzli xalqaro tashkilotlar rahbarlari bilan uchrashuvlardagi nutq va maʼruzalar, uchinchi boʻlimdan yurtimizda keng nishonlanib kelayotgan umumxalq bayramlari, tarixiy sanalar, turli xalqaro anjumanlar, tadbir va marosimlar munosabati bilan yoʻllangan tabriklar oʻrin olgan.

Manba: O‘zA