Shaxsiy avtomobillarda viloyatlararo harakatlanishga yo‘l qo‘yilmaydi

  • 11:04 / 30.05.2020
  • 643

Respublika Maxsus komissiyasining qarori bilan amaldagi karantin talablari 2020-yil 15-iyunga qadar uzaytirilgani va bu muddatda toifalangan hududlarda o‘rnatilgan talablar haqida maʼlum qilingan edi.
 
Maxsus komissiyaning qarori bilan quyidagilar ham joriy yilning 1-sentyabriga qadar uzaytirildi:
 
xorijiy fuqarolarga va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga berilgan viza muddatlari;
 
muayyan muddatga vizasiz va elektron viza bilan kirish huquqiga ega xorijiy davlatlar fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning O‘zbekiston Respublikasida bo‘lish muddati;
 
O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirilib, 2020 yil hisobidan qaytarib olib chiqish muddati tugaydigan xorijiy avtotransport vositalarini respublikamiz hududidan qaytarib olib chiqish muddati.
 
Shuningdek –
 Shaxsiy avtotransport vositalarining viloyatlararo harakatlanishiga yo‘l qo‘yilmasligi (Toshkent shahridan Toshkent viloyatiga hamda Toshkent viloyatidan Toshkent shahriga kirib-chiqish bundan mustasno) talabi ustidan qatʼiy nazorat o‘rnatish belgilandi.
 
Dehqon bozorlari va aholi gavjum bo‘ladigan hududlarda karantin talablariga rioya etilishini nazorat qiladigan ko‘ngilli guruhlar tuzish topshirildi.
 
Mamlakatda karantin va undan keyingi davrda fuqarolarning respublika bo‘ylab sayohat qilishlari yuzasidan vaqtinchalik tartib hamda Karantin davrida sanatoriylar va bolalar yozgi oromgohlarining faoliyatini tashkil etish bo‘yicha vaqtinchalik talablar tasdiqlandi.