Shimoliy qutbdagi zamonaviy mehmonxona 

  • 11:14 / 02.11.2019
  • 92

Norvegiyaning Snohetta firmasi arxitektorlari qutb doirasidan tashqarida, quyosh kam tushadigan va muzliklar bilan qoplangan joyda energiya sig‘imiga ega mehmonxona qurishga kirishdi. Loyihaga ko‘ra, Norvegiyaning sovuq qismida qurilayotgan ushbu bino mustaqil ravishda energiya ishlab chiqarish imkoniyatiga ega.

Отель «Svart»

Noyob qurilma uchun Norvegiyaning shimoliy qismida joylashgan eng yirik muzliklaridan biri bo‘lgan Svartisen yaqinidagi qoyali hudud tanlangan. Bo‘lajak mehmonxona muzliklar nomi bilan – “Svart” deb ataladi. Asfalt yo‘llar sayyohlik joyiga olib bormaydi, u yerga faqat velosiped yo‘llari orqali chiqish mumkin.

К отелю «Svart»

Svart so‘zining norveg tilidan tarjimasi “qora” degan ma’noni anglatadi. Biroq, ba’zi eski ma’lumotlarda bu “to‘q ko‘k” degan ma’noda ham keladi. Ushbu mintaqadagi muzlar oq emas, balki to‘q ko‘k rangda bo‘lgani sababli, muzliklar Svartisen nomi bilan mashhur bo‘lgan.

Me’morlarning rejasiga ko‘ra, mehmonxona an’anaviy tarzda Norvegiya qirg‘oqlari aholisining baliq ovlash peshtaxtalari uslubida quriladi. Qurilishni katta shisha oynalar bilan halqa shaklida yaratish rejalashtirilgan. Shunday qilib, mehmonlar tog‘lar, ko‘rfaz, muzliklar va shimoliy chiroqlar manzarasidan bahramand bo‘lishlari, shuningdek, qayiqlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri bino ostida suzishlari mumkin.

Отель «Svart» на сваях

Arktik iqlim sharoitida binoni energiya bilan ta’minlash juda muhim. Zamonaviy materiallar, binoning qurilish uslubi va “Powerhouse” energiya tejash tizimining o‘rnatilishi boshqa mehmonxonalarga qaraganda 80-85 foiz kamroq energiya sarflashga imkon beradi. Bundan tashqari, loyihaning o‘zi ham quyosh batareyalari majmuasi tufayli energiya ishlab chiqaradi. Uning joylashishi muhandislar tomonidan puxta hisoblab chiqilgan. Ularning so‘zlariga ko‘ra, shimoliy uzun kechalarda janubdagi quyoshli kunlarga qaraganda ko‘proq energiya to‘planadi. Panellar butun tomni qoplaydi va quyosh tomonga aniq yo‘naltiriladi.

Отель «Svart»

Eng og‘ir kunlarda qo‘shimcha quvvat manbai – bu nasos orqali ulangan geotermal quduqlardagi issiqlik energiyasidan foydalanish bo‘ladi. Quruvchilar yog‘ingarchilikni chuchuk suvga aylantirib beradigan zamonaviy filtratsiya tizimlarini ham barpo etmoqda. Bino dizayni yozning o‘rtalarida quyosh nurlari xonaga chuqur kirmasligi va qishda, aksincha, uning konsentratsiyasi uchun quyosh nurlaridan foydalanish imkoniyatini oshiradigan tarzda yaratilgan.

К отелю «Svart» велосипедом

Arxitektorlarga tabiiy joyning o‘ziga xosligini saqlab qolish, tabiiy go‘zallikka zarar yetkazmaslik va sayyohlar shimoliy landshaftlarning ulug‘vorligi, o‘simlik va hayvonot dunyosining o‘ziga xos xususiyatlaridan bahramand bo‘lishlari mumkin bo‘lgan sayyohlik joyini yaratishdek juda qiyin vazifa qo‘yilgan edi. Qurilishning tanlangan usuli: binoning halqali shakli, ichki energiya almashinuvi jarayoni – bularning barchasi tabiiy landshaftga zarar yetkazmaslik va uni yanada boyitish istagi bilan bog‘liq.

Отель «Svart» ночью

Shimolda, qutb doirasidan tashqarida joylashgan, energiya sig‘imiga ega bo‘lgan ushbu noyob bino 2021-yilda foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.