Shuhrat G‘aniyev bu safar ro‘mol o‘ragan onaxonga “Malibu” avtomashinasini sovgʻa qildi

  • 22:27 / 08.10.2019
  • 894

Фарғона вилояти ҳокими кластер усулида пахта етиштиришга кўмаклашган тадбиркорнинг онасига “Малибу” совға қилди

Fargʻona viloyati hokimi Sh. Gʻaniyev Qoʻshtepa tumanidagi “FERGANA GLOBAL TEXTILE” MCHJ rahbari Moʻminjon Razzoqovning onasi Hovaxon Madaminovaga vatanimiz ravnaqi, xalq farovonligi yoʻlida fidoyilik koʻrsatgan farzand tarbiyalagani uchun tashakkurnoma bildirdi va “Malibu” avtomashinasini sovgʻa qildi.

Qoʻshtepa tumani paxta tayyorlash yillik rejasini mamlakatda birinchilardan bajarganligi haqida avval xabar berilgan edi, deya Farg‘ona viloyati Matbuot xizmatining xabarini keltirmoqda O‘zA.

Tuman dehqonlari bugungacha rejadagi 19900 tonna oʻrniga 21700 tonnadan ziyod paxta xirmonini uyushga erishdilar. Bunda “FERGANA GLOBAL TEXTILE” MCHJ, shaxsan uning rahbari Moʻminjon Razzoqovning hissasi katta. Klaster usulida paxta yetishtirgan qoʻshtepalik dehqonni “FERGANA GLOBAL TEXTILE” MCHJ erta bahordan zarur texnik vositalar, yetarli miqdorda kimyoviy va mineral oʻgʻit, biologik ishlov berish vositalari bilan oʻz vaqtida taʼminlab turdi.

Agar ilgari fermer xoʻjaliklari ish yuritishda bank kreditiga bogʻliq boʻlgan boʻlsa endi bu vazifani klaster tashkilotchisi oʻz zimmasiga oldi. Ayniqsa, yetishtirgan paxtani yigʻib terib olish chogʻida yuksak tashkilotchilik koʻrsatdi. Kunlik ish haqi toʻlash tizimi tashkil etildi. Natijada garchi Qoʻshtepa tumani bugungacha rejani 110 foizga bajargan boʻlsada, daladagi hosilni toʻliq yigʻib olgach, yana kamida 10 foizlik oʻsishga erishishi kutilyapti.