Shumaxer Parijdagi kasalxonaga olib kelindi

  • 18:20 / 10.09.2019
  • 686

Formula-1 chempioni Maykl Shumaxer Parijdagi Jorj Pompidu kasalxonasiga yashirincha olib kelindi. Bu haqda 9-sentyabr kuni Le Parisien gazetasi xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, dushanba kuni tushdan keyin poygachi yurak-qon tomir jarrohligi bo‘limiga olib borilgan. Maxfiylikni saqlash uchun Shumaxer yotgan zambil ko‘k rangli choyshab bilan berkitilgan.

Sportchini Shveytsariyada ro‘yxatga olingan tez yordam mashinasi olib kelgan. Mashinada yurak xirurgi, professor Filipp Menache boshchiligidagi o‘n kishilik guruh Shumaxerga hamroxlik qilgan.

Nashrning xabar berishicha, Shumaxer bunga qadar bahorda ikki marta mazkur kasalxonaga keltirilgan. Yaqin orada unga nisbatan yurak yetishmovchiligini davolash uchun Menashe tomonidan ishlab chiqilgan "davolashning eng yangi usullari" qo‘llaniladi.

Eslatib o‘tamiz, sportchi 2013-yilning oxirida Fransiya Alp tog‘larida chang‘i uchish paytida boshidan jiddiy jarohat olgan va deyarli olti oy koma holatida bo‘lgan.