Siz buyumlargamas, buyumlar sizga egalik qilayotganini qanday bilish mumkin? 

  • 17:23 / 07.11.2019
  • 279

Как понять, что ваши вещи владеют вами, а не наоборот

Mol-mulkimiz va buyumlarimiz bizga tegishli – yana qanday bo‘lishi mumkin? Ammo shunday bo‘ladiki, ba’zida narsalarimizga shu darajada bog‘lanib qolganimizdan ularni yo‘qotishdan juda qo‘rqamiz. Bu holatda ular bizning ustimizdan hukmronlikka ega bo‘ladi, ular bizgamas, biz ularga tegishli bo‘lib qolamiz. Bundan tashqari, yangi narsalar sotib olish sog‘lig‘imiz va baxtimizdan ham ustunroq maqsadga aylanadi. Nega bunday bo‘ladi va bu holatda nima qilish kerak

U yoki bu hissiy ehtiyojlarimizni qondirganida narsalarni yig‘a boshlaymiz. Masalan, yaxta sotib olish bizni muhimroq, ahamiyatliroq odamga aylantiradiganday, yangi mashina yoki o‘ta zamonaviy gajet – obro‘liroq qiladiganday tuyuladi. Xayolan nimadir sotib olish va shaxsiy yutuqlarimizni tenglashtiramiz. Qimmat bo‘lmagan narsalar esa bizda ma’lum bir hissiyotlarni chaqiradi – masalan, o‘ylamasdan sotib olingan o‘yinchoq bolaligimizga qaytarganday bo‘ladi.
 
Umuman olganda, turli (boshqalarga zararsiz va qonunga xilof bo‘lmagan) yo‘llar bilan o‘zingizni baxtli qilishga harakat qilishingiz yomon narsa emas, ammo buyumlarga bog‘lanib qolish va ularni yig‘ish sizni baxtli qilolmaydi. Agar aksincha bo‘lganida, uyi qimmatbaho buyumlarga to‘la millionerlarning ruhiy salomatligi doim a’lo darajada bo‘lar edi. 

Ha, buyumlar qadrli bo‘lishi, quvonch olib kelishi va foyda keltirishi mumkin, ammo ular biz juda istagan narsani berolmaydi. Agar baxtli bo‘lishni istasak – bu hisni tashqi narsalarga tayanmasdan ichimizda o‘stirishni o‘rganishimiz kerak. Bolaligingizdagi yumshoq ayiqcha sizni beg‘am holatga qaytarishi mumkin, ammo ko‘p vaqtgamas. Eng qimmatli xarid ham sizni xavotirlardan xalos qilolmaydi. Har safar shoping yoki ega bo‘lgan buyumlarimiz kayfiyatimizni ko‘tarishiga umid qilganimizda baxtli bo‘lishning boshqa sog‘lomroq va samaraliroq yo‘llarini e’tiborsiz qoldirgan bo‘lamiz. 

Картинки по запросу Как понять, что ваши вещи владеют вами, а не наоборот

Bundan tashqari, shoping ertami-kechmi haqiqiy qaramlikka aylanishi mumkin. Indiana universiteti professori va shifokor Rut Engs shunday tushuntiradi: “Xarid qilayotganimizda organizmimizda endorfin va dofamin miqdori oshadi, ba’zilar, ma’lumotlarga ko‘ra, aholining 10-15 foizi bu yoqimli hisga qaram bo‘lib qolishi mumkin”. 

Rut Engs shopogolizmning quyidagi belgilarini sanab keltiradi. Bunday odamlar:
 
• Imkoni yetadigan darajadan ham ko‘ra ko‘proq pul sarflaydilar;
• O‘zlarini kayfiyatsiz yoki g‘amgin his qilishi bilan xarid qilishga chopadi;
• Shopingga bo‘lgan ishtiyoqi shaxsiy munosabatlariga qanchalik zarar keltirayotganini his qilmaydi; 
• Shunchaki o‘zlarini to‘xtatolmaydi. 

Do‘kon aylanish keyinchalik chuqur aybdorlik va uyat hissini uyg‘otadi, moliyaviy muammolar va yaqinlar bilan janjallarga olib keladi.
 
Yuqoridagilardan kelib chiqib, bor-budingizni boshqalarga tarqatishga shoshilmang. Buyumlar hayotimizni soddalashtirish, qulay va qiziqarli qilish uchun kerak, buning uchun ularga rahmat. Bizning baxtimiz buyumlarga bog‘liq deb o‘ylaganimizda esa muammolar boshlanadi. Buyumlarga nisbatan sog‘lom munosabat – ular bizgamas, biz ularga egalik qilishimizdadir.