Smartfon chirog‘ini sozlaydigan ilovalar xavfli bo‘lishi mumkin

  • 17:24 / 10.09.2019
  • 375

Android uchun yaratilgan 900 dan ortiq smartfon chirog‘ini sozlaydigan ilovalar foydalanuvchining shaxsiy ma'lumotlarini suiiste'mol qilishi aniqlandi. Bu haqida Avast kompaniyasi ogohlantirmoqda.

Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, ko‘plab ilovalar tushunarsiz ehtiyojlar uchun smartfon ma'lumotlariga ruxsat so‘rab murojaat qilishgan. Masalan, 77 ta ilova ovoz yozuvlariga kirishni, 180 tasi aloqa ma'lumotlarini olishni va 21 ta ilova kontaktlarni yozib olish imkoniyatiga ega bo‘lish uchun ruxsat so‘ragan.

Mutaxassislarning ta'kidlashicha, ular tahlil qilgan dasturlar turli xil funksiyalar va smartfon ma'lumotlariga kirish uchun o‘rtacha 25 xil ruxsatni talab qiladi. Eng ko‘p ruxsatnomalarga muhtoj bo‘lgan ilovalar quyidagilar ekani aniqlandi: Ultra Color Flashlight, Super Bright Flashlight, Flashlight Plus.