Smartfon nega qiziydi?

  • 18:27 / 05.12.2019
  • 1690

Картинки по запросу Почему греется телефон и что с этим делать

Telefonning orqa tarafi qizib ketishini hech sezganmisiz? Qizib ketish telefonlarga xos. Ammo bu qizish holatlari tez-tez takrorlanib tursa yoki qo‘llaringizni qizdirsa, bunga e’tiborsiz bo‘lmang. Chora ko‘rish vaqti yetdi!

1.  Smartfoningizdan juda ko‘p foydalanasiz

O‘yin, videotasvir yoki turli dasturlar telefonga ortiqcha bosim yuklaydi, protsessor faoliyatini og‘irlashtiradi. Oqibatda qurilma, nafaqat qiziydi, balki quvvati ham tez tugab qoladi. Shuningdek, GPS, Wi-Fi, Bluetoothdan ko‘p foydalanish ham xuddi shunday holatga olib keladi.  

Nima qilish kerak?

Telefonni charchatib qo‘ymaslikka harakat qiling. Telefon “sovishi” uchun unga tez-tez tanaffuslar berib turing. Kerakmas vaqtda GPS, Wi-Fi, Bluetoothni o‘chirib qo‘yish tavsiya etiladi.

2.  Gadjetingizda tugallanmagan dasturlar bor

Ehtimol, telefoningizga o‘rnatilgan bitta yoki bir nechta ilovalarda xatoliklar, yomon optimallashtirilgan kodlar mavjuddir. Shu sabab quvvat noto‘g‘ri taqsimlanmoqda. Bu holatning surunkali davom etishi esa telefon protsessorining hech bir sababsiz yuqori quvvatda ishlashiga olib keladi. Natijada issiqlik ko‘p ajraladi va telefon quvvati tez tugab qoladi.

Nima qilish kerak?

Qurilmadagi ortiqcha dasturlarni o‘chirib tashlang. Yoki ularni boshqa analog turi bilan almashtiring. Telefonning o‘z dasturlarini yangilanishiga ega to‘sqinlik qilmang. Yangilangan dasturda avvalgi xatoliklar tuzatiladi.

3.  Telefoningizga tashqi omillar ta’sir ko‘rsatyapti

Qurilmaning tik quyosh nuri, cho‘ntak, ko‘rpa yoki shunga o‘xshash zich qoplamalar ostida bo‘lishi ham uning qizishiga sabab bo‘ladi. Ulardan birining ta’siri ostida telefon sezilarli darajada qizimasligi aniq. Ammo ulardan bir nechtasining birgalikdagi ta’siri va shu holatda smartfondan faol foydalanish uning qizib ketishiga olib keladi. 

Nima qilish kerak?

Telefonni quyosh ostida tutmaslikka harakat qiling. Kamera va shunga o‘xshash ilovalar to‘satdan ishlab ketmasligi uchun telefonni doim “qulfda” saqlang. Agar katta hajmli fayllar yuklanayotgan bo‘lsa, uni cho‘ntakka solishga shoshilmang. O‘yin o‘ynayotganda telefonning ustidagi himoya qoplamini yechib qo‘ying. Bu uni qizib ketishdan saqlaydi.

4.  Siz telefonni noto‘g‘ri quvvatlantirasiz

Zararlangan yoki original bo‘lmagan quvvatlovchi vositalardan foydalanish qizib ketish kabi muammolarga olib keladi. Original quvvatlagichda telefon kuchli qizimasligi kerak. Shuningdek, telefonni quvvatlagichga ulab qo‘yib, o‘yin o‘ynash, video ko‘rish yoki internetdan nimadir yuklash ham qizib ketishga sabab bo‘ladi.

Nima qilish kerak?

Doim original quvvatlagichlardan foydalaning. Agar quvvatlash qurilmangiz singan bo‘lsa, uning o‘rnini yangisi bilan almashtiring. Quvvat olish uchun qo‘yilgan telefondan foydalanmaslikka harakat qiling.
 
5.  Gadjetingizda tizim bilan bog‘liq muammolar bor
Telefonning operatsion tizimi yoki uning ichki dasturlarida buzilishlar bor. Buning ta’sirida telefon “harorati” oshadi. Qolaversa, vaqt o‘tgani sayin operatsion tizimda ham ortiqcha fayl va chiqindi dasturlar yig‘ilib boradi. Bu ham vaqti kelsa smartfonning qizib ketishiga turtki bo‘ladi.

Nima qilish kerak?

Avvaliga telefonni oddiygina qayta yoqib-o‘chiring va operatsion tizim qayta yangilanganiga ishonch hosil qiling. Agar yangilanishdan keyin ham mavjud holat o‘zgarmasa, telefonni ortiqcha narsalardan tozalashga urinib ko‘ring. 

6.  Balki, smartfoningiz buzilib qolgandir...

Agar yuqorida sanalgan tavsiyalardan hech biri kor qilmasa, natija bo‘lmasa, demak, telefoningizda biror nosozlik mavjud. Qurilma ichidagi ichki sinishlar issiqlik almashinishiga zarar yetkazgan bo‘lishi mumkin.  

Nima qilish kerak?

Agar smartfoningiz nosoz ekaniga shubha paydo bo‘lsa, yaxshisi uni mutaxassisga tekshirtiring.