Smartfon quvvatini uzaytirishning 10 usuli

  • 20:03 / 07.11.2019
  • 2719

Sevimli smartfoningiz quvvati kutilmagan tezlikda “o‘tirsa”, albatta, sizga xush kelmaydi. Bunday yoqimsiz holat bilan to‘qnash kelishni istamasangiz, quyidagi tavsiyalarga e’tibor bering.

1-usul: Bildirishlarni o‘chirib qo‘ying

Telefondagi mavjud barcha ilovalar sizga bildirish yuboradi. Ulardan foydalanish bir tomondan qulay bo‘lsa, yana bir tomondan zarar. Chunki ular telefon quvvatini tez tugatadi. Shu sabab, kam foydalaniladigan ilovalarning bildirishlarini o‘chirib qo‘ying. 

2-usul: “Vibratsiya”ni ham o‘chirishga to‘g‘ri keladi

“Vibratsiya”ni yaxshisi o‘chirib qo‘ygan ma’qul. Bu telefonning ishlash vaqtini maksimal uzaytirib beradi.

3-usul: Telefon displeyi vaqtini kamaytirish kerak

Mobil qurilma nofaol paytda uning displey vaqti 1 yoki 2 daqiqani tashkil qiladi. Undan foydalanib bo‘lgach, darhol displeyini o‘chirish ajratilgan vaqtni 10-30 soniyaga qisqartirishga yordam beradi.

4-usul: Bluetooth va GPS ko‘p quvvat “yeydi”

Telefonning ushbu ikki funksiyasi juda “ochko‘z”. Ular quvvatni tez tugatadi.

5-usul: Ekran yorug‘ligi quvvat “qotili”

Yuqori yorug‘likdagi ekran quvvatni tez tugatadi. Shu sabab telefonning yorug‘ligi maksimum past yoki avtonom rejimda turgani ma’qul.

6-usul: Avtomatik ravishda qayta yangilanuvchi ilovalarni o‘chiring

Hozirgi zamonaviy telefonlar sizdan so‘rab ham o‘tirmay, avtomatik ravishda qayta yangilanish xususiyatiga ega. Bu jarayon quvvatni “o‘tirg‘izadi”. Bunday ilovalarni o‘chirib qo‘yish tavsiya etiladi.

7-usul: Wi-Fi yoki 3G/LTE’ni o‘chiring

Quvvatni maksimum tejashni istasangiz, internetga kirish funksiyasini ham o‘chiring. Bu smartfoningiz ishlash vaqtini uzaytirishga yordam beradi.

8-usul: Aviarejimni ishga tushiring

Agar telefon quvvati haqiqatdan ham xavf ostida bo‘lsa, aviarejimni yoqib qo‘yishga to‘g‘ri keladi. Bu ayyorlik ham quvvatni ehtiyotlashga xizmat qiladi.

9-usul: Asl batareyalardan foydalanish
Sifati past batareyalar qurilmaga zarar keltirishi mumkin. Biroz ko‘proq pul sarflashga to‘g‘ri kelsa ham asl batareyalardan foydalangan yaxshi.  

10-usul: Telefon dasturini tez-tez yangilab turing
Mobil qurilmani yangilab turishni unutmang. Bunda telefonning o‘zini emas, undagi PO deb ataluvchi dasturni tez-tez yangilab turish nazarda tutiladi. Bu telefonning avvalgi versiyasiga qaraganda tezroq va yaxshiroq ishlashini ta’minlaydi. Bu quvvatga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

Teglar