Smartfondagi keraksiz dasturlar

  • 22:28 / 17.09.2019
  • 750

Bugun smartfonning funksionalligini oshirish uchun son-sanoqsiz dasturlar yaratilgan. Ular hisobiga foydalanuvchilar o‘z telefonini ko‘p funksiyali qurilmaga aylantira oladilar. Ammo, ba’zi dasturlar amaliy jihatdan keraksiz. Chunki, va’da qilingan imkoniyatlarini taqdim etmaydi yoki operatsion tizimning ishini sekinlashtiradi. Keling, quyida keraksiz dasturlardan 5 tasini ko‘rib chiqamiz

Lupa

Лупа в телефоне

Telefonlar uchun bunday dastur turli obyektlarni kattalashtirish imkonini beradi. Ishlab chiqaruvchining g‘oyasiga ko‘ra, u ko‘z o‘tkirligi past odamlarga kichik yozuvlarni o‘qishga yoki uncha katta bo‘lmagan narsalarni ko‘rishga yordam berishi lozim. Dasturning ishlash prinsipi oddiy – kamerada olingan tasvir dasturga o‘tadi va yaqinlashtirib ko‘rsatiladi. Ba’zida bunday imkoniyatlar rostdan ham foydali bo‘lishi mumkin, ammo har qanday foydalanuvchi kamera dasturini ochib, raqamli kattalashtirishdan ham foydalana oladi. 

Pulsometr/tonometr iCare

Измерение пульса на смартфоне

iCare dasturi uzoq vaqt mashhur bo‘ldi. Dastur kamera va chaqnash orqali yurak qisqarishlari yoki arterial bosimni o‘lchash imkonini berardi. Texnologiya fotopletizmografiya asosida ishlardi – barcha ko‘rsatkichlar kameradan kelgan tasvir asosida hisob-kitob qilinar edi.
Ishlab chiqaruvchilar o‘lchovlarning yuqori aniqlikda ekanligiga ishontirishardi. Ammo mustaqil ekspertlar natijalarning real tibbiy uskunlar bilan 10-40 punkt orasida farq qilishini aniqlashdi. Tez orada dastur Google Play katalogidan o‘chirildi.

Antiviruslar va “tozalovchi” dasturlar

Очистка телефона

Android operatsion dasturi viruslar tarqalishiga yo‘l qo‘ymaydigan himoya elementlariga ega. Masalan, telefon sozlamalarida noma’lum manbalardan dasturlar o‘rnatilishiga taqiqni yoqib qo‘yish mumkin. Shuningdek, Google Play katalogi har bir dasturni yuklashdan oldin uni tekshirish orqali xavfsizlikni ta’minlaydi. Aynan shu sababli antiviruslar smartfonni himoya qilish uchun keraksizdir. Ular operativ xotirani charchatadi, ortiqcha joyni egallaydi va ko‘pincha reklama ko‘rsataveradi. 

Shuningdek, tozalash dasturlari ham ancha keng tarqalgan. Bunday dasturlarning asosiy vazifasi – keraksiz fayllarni o‘chirish. Dastur ishga tushgach, ichki xotirani skaner qiladi va kesh’ni tozalaydi. Bunday holda xotiraning ozgina qismi tozalanadi, xolos. Bu amalni operatsion tizimning standart qurollari bilan ham bajarsa bo‘ladi. Shuning sabab foydalanuvchi telefonining ishlashidagi tezkorlikni sezmaydi. “Tozalovchi” dasturlarni o‘rnatgandan keyin asabbuzar eslatmalar va reklamalar tez-tez paydo bo‘la boshlaydi. 

Jonli fonlar

Smartfonni shaxsiylashtirishning bir necha usullari mavjud. Masalan, ko‘pchilik jonli fonlar – boshlang‘ich ekrandagi animatsiyali tasvirlarni o‘rnatadi. Bunday dasturlar interfeysni bezaydi va qo‘l bilan tekkanda reaksiya beradi. Ammo dasturning “minus”lari uning afzalliklaridan ko‘proq. Hamyonbop telefonlarda oboylar operativ xotirani va protsessorning resurslarini yemiradi, akkumulyatorning quvvati tez tugashiga sabab bo‘ladi.   

Standart brauzer

Telefonlarning ko‘pchilik foydalanuvchilari smartfonga ko‘plab reklama havolalari mavjud xususiy ishlab chiqaruvchilarning brauzerlarini o‘rnatishadi. Shuningdek, foydalanuvchilar o‘chirish imkoni bo‘lmagan reklama e’lonlari bilan to‘qnash keladilar. Muammoni hal qilishning yagona yo‘li brauzerni o‘chirishdir. Buni bajarish oson ish emas. Chunki dastur ko‘pincha operatsion tizimning o‘ziga tegishli bo‘ladi bo‘ladi.