Snayperlarning eng olis masofaga borgan o‘q uzishlari. TOP-7 

  • 17:32 / 14.01.2020
  • 3322

ТОП-7 самых дальних снайперских выстрелов в истории

Dushmanga uzoqdan o‘q uzish – o‘ziga xos armiya san’atidir. Zamonaviy snayperlar bir necha kategoriyalarga bo‘linadi, ammo mo‘ljalga aniq boradigan va o‘ldiradigan o‘q uzish – snayper mahoratini ko‘rsatuvchi asosiy mezonlardan biridir.
Quyida eng olis masofani nishonga urgan va tarix sahifalariga muhrlangan mashhur o‘q uzishlar bilan tanishamiz.

Yettinchi o‘rin – Iroqdagi urushda qatnashgan amerikalik starshina Jim Jillilandning 1367 yard (1244 metr)ga uzgan o‘qi. O‘q uzish standart vintovka M24 va NATOning standart 7,62×51 mm.li patronlari bilan amalga oshirilgan. Unchalik yirik bo‘lmagan kalibr uchun yomon natija emas.

ТОП-7 самых дальних снайперских выстрелов в истории

Oltinchi o‘rin – britan armiyasi kaprali Kristofer Reynolds va uning 2009-yil avgustda 2026 yard (1844 metr)ga aniq uzgan o‘qi. Vintovka – Accuracy International L115A3. Patronlar – 338 Lapua Magnum LockBase B408. Nishon – Afg‘onistondagi koalitsiya harbiylariga hujum qiluvchi qatorga javob beradigan tolibonlarning “Mulla” laqabli otryad komandiri. Manbalar aldamasa, o‘q shunchalik aniq uzilganki, “Mulla” orqasidagi jangchining qo‘liga yiqilgan, o‘shanda o‘qning zarbasi biroz kuchliroq bo‘lganida, Reynolds o‘z hisobiga birdaniga ikkita kallani yozib qo‘yardi.

Beshinchi o‘rin – serjant Karlos Xeskok, 2500 yard (2275 metr)ga o‘q uzgan. Sanasi – 1967-yil fevral, Vyetnam urushi davri. Serjantni o‘z davrining qahramoniga aylantirgan o‘q uzish – snayperlar vintovkasi emas, M2 Browning pulemyotidan amalga oshirilgan. Patronlari – .50 BMG. Xeskok hozir ham amerika armiyasining afsonasi – maksimal miqdorda nishonga urgan snayperlar ro‘yxatining to‘rtinchi o‘rnida turadi. 
O‘z vaqtida vyetnamliklar uning boshi uchun 30 ming dollar mukofot e’lon qilishgan. Ular Xeskokka snayperlarga xos yashirinish qoidasini buzib, shlyapasiga oq pat qadab yurgani uchun “oq pat” laqabini berishgan. Biroq, bu uning yagona esda qolarli jihati emas – Xeskosning Vyetnamdagi ikkinchi xizmat muddati vaqtidan oldin – 1969-yilning sentabrida tugagan. O‘shanda u ketayotgan bronetransportyor minaga duch keladi. O‘zi og‘ir kuyish jarohatlari (tanasining 40 foizidan ko‘prog‘i kuygan) olganiga qaramay, Xeskok avtoulovning ichidan yettita sherigini olib chiqadi.

ТОП-7 самых дальних снайперских выстрелов в истории

To‘rtinchi o‘rin – amerikalik serjant Brayan Kremer va uning 2004-yili martda 2515 yard (2288,6 metr) masofaga uzgan o‘qi. Quroli – Barrett M82A1. Patronlari – Raufoss NM140 MP. Ikki yil ichida Iroqda Kremer 2350 yarddan ko‘proq masofaga ikki marta muvaffaqiyatli o‘q uzgan, bu serjantning mahorati yuqori darajadaligini bildiradi.

Uchinchi o‘rin – kanadalik kapral Arron Perri. O‘q uzish masofasi – 2526 yard (2298,6 metr), 2002-yilning martida. Quroli – McMillan Tac-50. Patronlari – Hornady A-MAX .50 (.50 BMG).

Ikkinchi o‘rin – 2657 yard (2417,8 metr)ga uzilgan o‘q ham kanadallikka tegishli: kapral Rob Furlong xuddi shunday vintovka va patron bilan Arronning rekordini yangiladi.

ТОП-7 самых дальних снайперских выстрелов в истории

Birinchi o‘rin – britaniyalik Kreyg Xarrisonga tegishli. 2009-yilning noyabrida afg‘on urushi vaqtida u o‘zining eng yaxshi juft o‘q uzishini 2707 yard (2475 metr)ga amalga oshirdi. Nishonga urgani hujjatlar bilan tasdiqlangan – Tolibonning ikkita pulemyotchisi ketma-ket o‘ldirilgan. Bu rekord Xarrisonni barcha zamonlarning eng yaxshi snayperchisi bo‘lib qolishini ta’minlamoqda.