Sog‘lik uchun eng foydali non aniqlandi

  • 17:29 / 07.10.2019
  • 922

Dietolog Yelena Solomatina inson tanasi uchun eng foydali non haqida ma’lumot berdi. Bu haqda “Вечерняя Москва” nashri xabar bermoqda.

Uning so‘zlariga ko‘ra, javdar unidan tayyorlangan non eng foydalisi.

Biroq, shifokor “javdar noni” qadog‘idagi yozuv, har doim ham mahsulot tarkibida javdar uni bor degani emasligi haqida ogohlantirdi.

Solomatinaning ta’kidlashicha, non ishlab chiqaruvchilar ko‘pincha bug‘doy uni va bo‘yoqlardan foydalanishadi.

Dietolog nonning un, suv va tuzdan tayyorlangani eng yaxshisi ekanligini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu mahsulotlar nonning eng yaxshi tarkibiy qismlaridir.

Teglar