Soliq inspeksiyasi rahbarligiga ilk marta ayol kishi tayinlandi

  • 17:02 / 26.03.2020
  • 175

Davlat soliq qo‘mitasi buyrug‘iga binoan Islamova Nargis Zaribdjanovna Toshkent shahar Yakkasaroy tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Davlat soliq qo‘mitasining Matbuot xizmati xabar berdi.
 
Nargis Islamova yangi lavozimga tayinlangunga qadar Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi Soliq tekshiruvlari va mavzuli ekspress-o‘rganishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlagan.

Ma’lumot o‘rnida, Nargis Islamova 1970-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. U 1993-yildan buyon davlat soliq organlari tizimida faoliyatini boshlagan.
Nargis Islamova Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizasiyalashtirish muhandislari institutini Muhandis-iqtisodchi mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.

Shuningdek, u Soliq xizmatining III darajali maslahatchisi maxsus unvoniga ega.