Sovundan foydalanish usullari

  • 16:51 / 13.01.2020
  • 1014

Xo‘jalik va atir sovunlari faqat tozalik uchungina emas. Uni xo‘jalikda bir qator maqsadlarda ham qo‘llash mumkin.

• Sovun tiqilib qolgan “zamokni” yurgizadi

Paxtali tayoqcha sovunga ishqalanib, “zamok” tishchalariga surtiladi. Sovundagi moddalar moylovchi ta’sir ko‘rsatib, “kuchukcha” yurib ketadi.

• Uyingizdagi eshik g‘irchillay boshladimi? Sovun eshikning ovoz chiqarayotgan sohasiga surtilsa, g‘irchillashlar boshqa bezovta qilmaydi.

• Sovun hasharotlar chaqqanidan keyingi qichishishlarda ham yordam beradi. Hasharot chaqqan sohaga sovun surtilsa, qichishishlar yo‘qoladi.  

• Qattiq poyabzalni kengaytirish uchun uning ichiga sovun surtib chiqishning o‘zi kifoya. Oyoqkiyim endi oyoqni siqmaydi. 

• Devordagi eski gulqog‘ozni ololmay xunob bo‘lyapsizmi? Buning uchun issiq suvga sovun solinadi va aralashma gul qog‘ozga surtib chiqiladi. Shunda ishingiz osonlashadi.

• Ko‘zoynak shishasi parlanib qolyaptimi? Shishaga sovun surtib, keyin ortidan quruq sochiqda artilsa, ular ortiq parlanmaydi.

• Sovun havoni tozalovchi vosita ekanini bilsangiz kerak. Uning bo‘lagini kiyim javoniga solib qo‘ysangiz, kiyimlaringizdan doim yoqimli hid kelib turadi.