Soxta Elektr tarmoqlari xodimlaridan ehtiyot bo‘ling!

  • 17:22 / 23.12.2019
  • 420

Respublikaning turli hududlarida aholi xonadonlariga kirib, “Biz elektr tarmoqlari korxonasidanmiz, xonadoningizdagi elektr jihozlarini tekshirgani keldik”, deya elektr hisoblagich va boshqa elektr jihozlariga birrov qarab qo‘yib, majburiy to‘lov undirib yurgan holatlar ko‘plab uchramoqda.

“Hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” matbuot xizmatining xabar qilishicha, bu korxonalar aslida mahallalarda yurib, aholiga o‘z xizmatini taklif etishi, xonadon egalari rozi bo‘lsa, so‘ng o‘sha xonadondagi elektr jihozlar va hisoblagichlarni ko‘rikdan o‘tkazishi, nosoz o‘rnatilganini sozlab berishi, so‘ng bajargan ishiga xizmat haqi olish vakolatiga ega.

“Elektr energiyasi iste’molchilari uchun eslatma sifatida shuni ta’kidlar edikki, bunday yakka tadbirkorlik subyektlari hamda xususiy korxonalarning “Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati va uning tarkibiy korxonalariga aloqasi yo‘q va ular bilan hech qanday shartnomaga ega emas”, deyiladi xabarda.