Superligani tark etgan “Dinamo”ni ispaniyalik murabbiy boshqaradi

  • 17:24 / 02.12.2019
  • 43

Joriy mavsumda O‘zbekiston Superligasida so‘nggi o‘rinda qolib ketgan va natijada A Pro liga a’zosiga aylangan Samarqandning “Dinamo” klubida ispaniyalik murabbiy ish boshlashi mumkin. Bu haqida O‘zbekistondagi sport jurnalistlari ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida ma’lum qildi. 

Xabarlarda qayd etilishicha, Samarqandning “Dinamo” klubi va akademiyasi ispaniyalik futbol mutaxassislari bilan hamkorlik boshlashga yaqin.  
El Golazo loyihasi muallifi Zokirjon Xoliqovga ko‘ra, “Real Madrid” fondiga shahardagi futbol akademiyasi va “Dinamo” boshqaruvi topshirilish arafasida. Real Madrid Foundation “Dinamo” murabbiyligiga Italiya va Argentina pasportiga ega mutaxassis Andres Roberto nomzodini tavsiya qilmoqda. 

Robertoga murabbiylar shtabidan o‘zbekistonlik hakamlar ham jalb etilishi mumkin. 

Teglar