Suriyadagi harbiy amaliyot Erdogʻanning reytingini oshirdi

  • 17:20 / 06.11.2019
  • 46

Metropoll tadqiqot kompaniyasi tomonidan oʻtkazilgan soʻrov natijalariga koʻra, Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘gʻanning mashhurligi Suriyaning shimoli-sharqida “Tinchlik bulog‘i“ harbiy operatsiyasi boshlanganidan beri keskin koʻtarildi

Bir oy davomida Turkiya rahbarining harakatlarining maʼqullash darajasi 3,7 foizga oshdi va 48% ni tashkil etdi. Bu Erdo‘gʻanning 2018-yil iyun oyida boʻlib oʻtgan prezidentlik saylovida gʻolib chiqqanidan beri eng yuqori koʻrsatkichdir.

Turkiya aholisining 33,7 foizi prezidentning faoliyatini maʼqullamaydi. Bu 2016-yilning iyulidagi muvaffaqiyatsiz toʻntarish tashabbusidan keyin eng past koʻrsatkichligi aytiladi.

Oʻtgan yili turk lirasi 30 foizga qadrsizlangani sababli qattiq inqirozdan keyin Erdo‘gʻanning aholi orasida qoʻllab-quvvatlashi zaiflashdi. Mamlakatda inflyatsiya va ishsizlik keskin oshdi.

Turkiya Prezidenti Rajab Toyyib Erdoʻgʻan 9-oktabr kuni “IShID“ guruhida kurd jangarilari va terrorchilariga qarshi kurashish uchun Suriyaning shimoli-sharqidagi chegaradosh hududlarda Turkiyaning “Tinchlik bulog‘i“ harbiy operatsiyasi boshlanganini eʼlon qildi. Turkiyaning harbiy amaliyoti koʻplab mamlakatlarda tanqid va xavotirlarga sabab boʻldi.

Teglar