Surxondaryo “sariq” hududga kiritildi

  • 16:22 / 06.05.2020
  • 362

Surxondaryo mavjud epidemiologik vaziyat tufayli “sariq”, ya’ni o‘rta xavfli hududga kiritildi. Chunki viloyat bo‘yicha 6 may kuniga qadar 41 nafar shaxs koronavirus infeksiyasiga chalingani aniqlangan. Shu kungacha ularning 29 nafari kasallikdan butunlay sog‘aygan. 12 nafari ayni paytda viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasida davolanmoqda. Bu haqda Surxondaryo viloyati hokimligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Davolayotganarning 6 nafari joriy yilning 28-mart kuni Moskva – Termiz yo‘nalishida charter reys bilan kelgan fuqarolar, 3 nafari kasallikka chalingan ushbu fuqarolarga xizmat ko‘rsatish jarayonida yuqtirib olgan vohadoshimiz, yana 3 nafari esa Rossiyadan tranzit yo‘nalishida viloyatga kirib kelgan yuk mashinalari haydovchilaridir. Ularning ahvoli qoniqarli, tibbiyot xodimlari tomonidan xalqaro stantdartlar asosida muolajalar olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 5-may kuni Prezident raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida mamlakatdagi epidemiologik holatdan kelib chiqib, karantin qoidalari bosqichma-bosqich yumshatilishi bildirildi. Shuningdek, viloyat, tumanlar va shaharlar “qizil” (yuqori xavfli), “sariq” (o‘rta xavfli) va “yashil” (xavfsiz) hududlarga ajratilishi belgilandi

Ma’lumot o‘rnida, Samarqand va Namangan viloyatilari “qizil” hududga kiritilgan bo‘lsa, Qashqadaryo viloyati “yashil” hududga kiritilgan edi.