Surxondaryoda 20 yoshli haydovchi YTH oqibatida halok bo‘ldi

  • 16:14 / 16.04.2020
  • 377

Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmatining xabar berishicha, 15-aprel kuni soat 22:30 da 4-R 102 avtomobil yo‘lining Surxondaryo viloyati Angor tumani “Ilg‘or” mahallasi hududidan o‘tuvchi 16 km.da 22 yoshli J.T. o‘zining boshqaruvida bo‘lgan “ISUZU” rusumli avtomashinasini Jarqo‘rg‘on-Angor yo‘nalishi bo‘yicha boshqarib ketayotib, o‘ziga qarama-qarshi yo‘nalishdan harakatlanib kelayotgan 20 yoshli J.A. boshqaruvidagi “Damas” rusumli avtomashinaning yo‘liga chiqib ketib, yo‘l-transport hodisasi sodir etgan.

Natijada “Damas” rusumli avtomashina haydovchisi J.A. tan jarohati olib, tuman tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan, ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan, shifoxonada vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Angor tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.