Surxondaryoda giyohvand modda sotishga uringan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

  • 17:14 / 14.04.2020
  • 248

Surxondaryo viloyat IIB xodimlari tomonidan Termiz shahri “Shifokor” mahallasida o‘tkazilgan maxsus tadbir davomida 10-aprel kuni soat 17:30 larda 50 yoshli fuqaro U.E. vazni 0,33 grammga teng bo‘lgan “gashish” giyohvand vositasini 150.000 so‘m evaziga sotayotgan vaqtida ushlangan va undan giyohvand vositasi tegishli tartibda rasmiylashtirib olingan.

IIV matbuot xizmatining xabar berishicha, mazkur holat yuzasidan Termiz shahri IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan U.E. ga nisbatan Jinoyat kodeksining 25,273-moddasi 2-qismi (giyohvandlik vositalari o‘tkazish maqsadini ko‘zlab ko‘p bo‘lmagan miqdorda qonunga xilof ravishda o‘tkazishga suiqasd qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Oldinroq Surxondaryoda uyushgan jinoiy guruh a’zolari ushlangani haqida xabar bergandik.