Surxondaryoda ham aholi orasidan koronavirusga chalingan bemorlar qayd qilindi

  • 10:38 / 14.06.2020
  • 334

Surxondaryoda ham aholi orasidan koronavirusga chalingan bemorlar qayd qilindi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi  Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar bermoqda.
 
2020-yil 14-iyun soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 28 nafarga oshib, jami 4994 nafarni tashkil etmoqda.
 
Yangi kasallanish holatlarining 7 nafari Karantin markazidagi (barchasi xorijdan kelgan) fuqarolar orasida, 10 nafari Toshkent viloyatida (shundan 4 nafari xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisi, 6 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib karantinga olingan), 9 nafari Surxondaryo viloyatida hamda 2 nafari Buxoro viloyatida aholi orasida aniqlangan.
 
Ayni paytda O‘zbekistonda 3874 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (77 foiz) sog‘aygan.
 
Hozirda mamlakatda 1101 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 12 nafari og‘ir, 2 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.