Suvni yetkazib berish xarajatlari iste’molchilar hisobidan qoplanadigan bo‘ldi

  • 17:30 / 26.05.2020
  • 441

Adliya vazirligi xabariga ko‘ra, “Qishloq xo‘jaligida suvdan foydalanish samaradorligini oshirish va yetkazib berish bo‘yicha xarajatlarni qoplash chora-tadbirlari to‘g‘risida” hukumat qarori qabul qilingan.
Unga muvofiq, suv yetkazib berish xarajatlari iste’molchilar hisobidan qoplanadigan bo‘ldi. Ya’ni, ushbu sarf-xarajatlarni suv resurslaridan foydalanganlik uchun belgilangan soliq stavkalari miqdoriga qo‘shish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Shuningdek, suv resurslari hamda elektr energiyasidan foydalanishni “onlayn” rejimida nazorat qilish raqamli texnologiyalar yordamida amalga oshiriladi hamda suv omborlari va irrigatsiya tizimlariga jami 18 576 ta qurilma o‘rnatiladi. Jumladan, suv xo‘jaligi vazirligi 1 687 ta nasos stansiyalarida elektr energiyasidan foydalanishning onlayn monitoringi joriy etiladi.
Xabarga ko‘ra, 2023-yil 1-dekabrgacha suv iste’molchilari suvni olishi, boshqarish va hisobga olish uchun barcha zarur vositalar bilan jihozlanadi.

Manba: spot.uz