Taniqli dizayner Narimon Grigoryan qotillik qurboni bo‘ldi

  • 17:14 / 14.01.2020
  • 861

На изображении может находиться: 1 человек, улыбается, стоит и борода

14-yanvar kuni Facebook’dagi Uzbfashion sahifasida Toshkent shahrida dizayner Narimon Grigoryan o‘ldirib ketilgani haqida xabar paydo bo‘ldi.

Xabardor.uz muxbiri ushbu xabar yuzasidan Bosh prokuratura bilan bog‘landi. Prokuratura mazkur holat yuzasidan surishtiruv ishlarini olib borilayotganini ma’lum qildi. 

Ayrim mahalliy OAVda tarqalgan ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa Toshkent shahrining Yashnobod tumanida, kechasi sodir bo‘lgan.

Ma’lumot uchun, Narimon Grigoryan o‘zbekistonlik taniqli dizayner, xalqaro moda namoyishlari, tanlovlari va festivallari ishtirokchisi. Grigoryan 2004-2008-yillarda O‘zbekiston raqs akademiyasida tahsil olgan. U “Nariman Grigoryan” moda uyiga egalik qilardi.