Tarixdagi eng zoʻr bоkschilar 

  • 01:25 / 11.09.2019
  • 298

Mazkur roʻyxatda boksning rivojlanishiga munosib hissa qoʻshgan shaxslarning nomlari qayd etilgan. Ular nafaqat kuchli sportchi, balki ajoyib xulq-atvorga ega boʻlgan afsonaviy shaxslar sifatida ham shuhrat qozongan

Shugar Rey Robinson

Bu inson doimo afsonaviy bokschilardan biri sifatida e’tirof etilgan. U oʻz chiqishlarida aʼlo natijalarni qayd etish maqsadida turli vazn toifalaridagi bokschilar bilan ringga chiqib, koʻplab yutuqlarni qoʻlga kiritgani bilan yodda qolgan. Sport sharhlovchilari 1946-yildan 1951-yilgacha uni eng zoʻr bokschi, deb atashgan. U hatto, havaskorlik paytida ham salmoqli natijalar qayd etgan. Faoliyati davomida u 69-marta gʻalabaga erishdi. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, hatto barchaga ma’lum Muhammad Ali ham Reyni ajoyib profissional bokschi, deb hisoblagan. U 26 yil davomida 200 ta jangda ishtirok etdi. Zamonamizning koʻplab insonlari uni 20-asrning eng mashhur bokschisi, deb hisoblaydi. Oʻrta vazn toifasida jang qilgan Rey ajoyib tezlik va texnikaga ega sportchilardan sanaladi. 

Mayk Tayson

Dunyoning eng yaxshi bokschilari reytingining sobiq yetakchisi boʻlgan Mayk Tayson – “Temir Mayk” deya eʼtirof etilgan. U nafaqat boksni rivojlantirishga hissa qoʻshgan, balki insoniylik jihatlari bilan ham muxlislari mehrini qozongan. Albatta, koʻpchilik Taysonning Xolifildning qulogʻini tishlab olganini shavfqatsizlik deb hisoblashi mumkin. Lekin, shunga qaramay u oʻz oʻrnini yoʻqotmadi. Boks uchun tugʻilgan bu inson profissional boksda 5 ta kamarni qoʻlga kiritdi va 58 jangdan 44 tasida nokaut qayd etdi. Bu orada bokschi litsenziyasidan ayrilib, ozodlikdan mahrum boʻlishga ham ulgurdi. Temir Maykning hayoti haqida hujjatli film suratga olinganidan ham xabaringiz bor, albatta. 

Muhammad Ali

Boks tarixiga abadiy muhrlangan afsonaviy bokschi Marsellus Kley – Muhammad Ali taxallusi bilan butun dunyoga maʼlum va mashhurdir. Duyonning eng zoʻr boks ustasi nafaqat ringda, balki hayotda ham insonparvar shaxs sifatida nom qozongan. U hayoti davomida koʻplab xayriya ishlariga koʻmaklashgan. Hatto, u YUNESKOning yaxshi niyat elchisi sharafiga ham muyassar boʻlgan. Biroq AQSh harbiy xizmatidan bosh tortgani uchun unvonlaridan mahrum etilib, 3 yilgacha ringga chiqishi taqiqlab qoʻyilgan. Gap shundaki, Ali millatchilikka qarshi turib, afro-amerikaliklarning huquqlarini himoya qildi. U vaqt oʻtib yana ringga qaytdi va barcha unvonlarini qaytarib olishga muvaffiq boʻldi. 38 yil davomida hech bir bokschi u qayd etgan rekordni hanuz yangilay olmadi.

Teglar