Taycan elektr avtomobili bir martalik quvvatlanish bilan 515 km yo‘l bosishi mumkin

  • 08:31 / 12.08.2019
  • 614

Porsche o‘zining Taycan elektr avtomobilini joriy yilning 4-sentabr kuni omma e’tiboriga namoyish etadi. Yangi elektr avtomobil taqdimoti bir vaqtning o'zida Kanada, Germaniya va Xitoyda bo'lib o'tadi va marosimning jonli efiri nemis brendi saytida namoyish etib boriladi.

Porsche yangi mahsulotining ba'zi xususiyatlari haqida ham to‘xtalib o‘tdi: 629 ot kuchiga ega bo'lgan Taycan Turboning eng samarali versiyasi 3,5 soniyada100 km/soat tezlikka erishadi va  200 km/soat tezlik uchun esa 12 soniya yetarlidir. Maksimal tezlik 250 km/soatdan oshadi

Taycan batareyasining sig'imi 80 dan 96 kVt soatgacha bo‘lib, ushbu nemis elektr mashinasi bir martalik quvvatlanish bilan 515 km yo‘l bosishi mumkin. Bundan tashqari, Porsche 800 voltlik tezkor zaryadlovchi tizimiga ham sarmoya kiritdi. Bu qo‘shimcha 15 daqiqa, ya’ni yana 400 km masofani bosib o‘tishi mumkin, deganidir.

 Insayderlar boshlang'ich bahosi taxminan 90 ming AQSh dollarni tashkil qiladi.

Ko‘rgazma Toshkent vaqti bilan 16:00 da boshlanadi.