Telefon qo‘ng‘irog‘iga “Allo!” deb javob berish qayerdan kelib chiqqan?

  • 16:01 / 05.12.2019
  • 2039

Telefon ixtirochisi, amerikalik Aleksandr Bell “Exoy!” deya narigi tomonda turgan suhbatdoshining e’tiborini tortadi. Aslida, bu so‘z dengizchilar jargoni bo‘lib, “Ey, palubadagilar!” degan ma’noni  anglatardi. Uning raqobatchisi, telefonda so‘zlashish  imkoniyatlarini qulaylashtirgan  Tomas Edison esa go‘shakni ko‘targanda “Hello!” deb murojaat qilishni ma’qul ko‘radi. Bilasiz, bu do‘stlarning o‘zaro salomlashuvi. Edisonning fonografga birinchi yozib olgan so‘zi ham shu bo‘lgan
  
Ayrim mamlakatlarda bu so‘z o‘sha yerlik aholining talaffuziga moslashgan holda “Allo” deya qo‘llaniladi.  Ayrim mamlakatlar esa o‘zlarining xos so‘zlarini ishlatishadi. Masalan, italiyaliklar “Pronto!” (“Tayyor!”), greklar — “Embros!” (“Olg‘a!”), yaponlar— “Mosi-mosi!” (“So‘zlayman-so‘zlayman!”), turklar — “Efendim” (“Afandim”) deyishadi. Biz o‘zbeklarda “Allo” bilan  bir qatorda “Eshitaman” so‘zi ham qo‘llaniladi.

Teglar