Telegram’da telefon raqamini qanday yashirish mumkin?

  • 13:33 / 07.09.2019
  • 1891

Telegram messenjerining so'nggi yangilanishida telefon raqamingizni, shu jumladan, sizni kontaktlar ro'yxatiga qo'shganlardan yashirish imkoniyati paydo bo'ldi.

Raqamingizni faqat o'zingiz kontaktlaringizga qo'shgan kishilargagina ko'rinadigan qilishingiz mumkin. Buni amalga oshirish uchun Messenger sozlamalarini oching, “Конфиденциальность” ("Maxfiylik") bo'limiga o'ting va “Номер телефона” ("Telefon raqami") tugmasini bosing.

Telefonni to'liq yashirish uchun avval “Никто” ("hech kim") va “Мои контакты” ("kontaktlarim")ni tanlang. Siz quyida istisnolarni qo'shishingiz mumkin. Misol uchun, siz raqamni ish guruhlarida yoki do'stlar bilan suhbatlarda ko'rinishini qoldirishingiz mumkin.                                    

 

Ushbu sozlamalarni faollashtirganingizdan so'ng, sizni kontaktiga qo'shgan kishilar ham telefon raqamingiz va Telegram hisob qaydnomangizni ko‘ra olmaydilar.