Tojikiston COVID-19 cheklovlarini bekor qilmoqda

  • 17:11 / 15.06.2020
  • 364

Tojikistonda koronavirus pandemiyasi sabab joriy etilgan cheklovlar ilk bor yengillashtirilgani e'lon qilindi. Mamlakatda savdo markazlari, bozorlar, restoranlar, mehmonxonalar va boshqa xizmat ko‘rsatish obyektlari ikki oylik cheklovdan so‘ng ochilmoqda.

Hukumat bayonotida aytilishicha, davlat chegaralari, masjidlar va temiryo‘l kabi ommaviy tranzit obyektlari yopiq qoladi. Shu kunga qadar qo‘shni respublikada 5035 nafar bemor aniqlangan, ulardan 50 nafari vafot etgani ma’lum qilingan.