Tojikiston hukumati mamlakatda tug‘ilishlar sonini kamaytirmoqchi

  • 22:54 / 08.10.2019
  • 93

Tojikiston hukumati Tojikiston Sog‘liqni saqlash va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan 2019-2020-yillarga mo‘ljallangan reproduktiv salomatlik bo‘yicha davlat dasturini tasdiqladi. Unda kontratsepsiyaning turli usullaridan foydalanish, ayniqsa, uning qishloq yoshlari uchun kengaytirilishi ko‘zda tutilgan.

Dasturning asosiy maqsadi ayollar va bolalar salomatligini yaxshilash, aholini homiladan saqlanish yo‘llari va vositalari haqidagi tushunchaga ega bo‘lishini ta’minlash, bu orqali ona va bolaning erta o‘limi holatlarini oldini olish, abortlar sonini kamaytirish, shuningdek, farzandlar tug‘ilishida o‘rtadagi oraliq muddatni uzaytirishdan iborat.

Bunday qarorning chiqarilishiga asosiy sabab 2008-yilda 100 ming aholi boshiga yosh onaning o‘limi ko‘rsatkichi 46,5 mingni tashkil qilgan, 2018-yilga kelib bu raqam 100 mingga 24 ming nisbatni tashkil qilmoqda.

Dasturda amalga oshiriladigan chora-tadbirlarning yiliga 100 mingga yaqin erta homiladorlikning oldini olishga qaratilgani qayd etilgan. Agar dasturdagi chora-tadbirlar amalga oshirilmasa keyingi to‘rt yilda ushbu raqam 450 mingga yetishi mumkin.

Shuningdek, mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligi tojik ayollarining ixtiyoriy ravishda jarrohlik sterilizatsiyasidan o‘tishiga ruxsat bermoqchi, vazirlikning qayd etishicha, ular 30 yoshgacha oila uchun yetarli darajadagi farzandlarni dunyoga keltirib ulguradi.

Teglar