Tokio – 2020: Marafon va sportcha yurish Tokioda o‘tkazilmaydi

  • 12:20 / 05.12.2019
  • 184

Kelasi yil Tokio shahrida o‘tkaziladigan yozgi Olimpiya o‘yinlarining yengil atletika sport turi dasturidan o‘rin olgan sportcha yurish va marafon bahslari Tokioda o‘tkazilmaydi. Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi (XOQ), Tokio – 2020 tashkiliy qo‘mitasi va Butunjahon yengil atletika federatsiyasi vakillari o‘zaro kelishgan holda mazkur qarorga kelgan.

Bellashuvlar Sapporo shahrida o‘tkaziladi 

Ma’lum bo‘lishicha, mazkur yo‘nalishlardagi bellashuvlarga Sapporo shahri mezbonlik qiladi. Bo‘lajak bahslarga “Sappori Odori Park” bog‘i mezbonlik qilishi belgilab qo‘yilgan. 

O‘zgarish iqlim bilan bog‘liq 

Bunga sabab sifatida XOQ Atletlar komissiyasi direktori Kristi Koventri Olimpiada payti katta ehtimolda Tokioda kuchli issiq bo‘lishi, bu esa atletlarning sog‘lig‘i bilan bog‘liq salbiy hodisalar yuz berishi mumkinligi keltirilmoqda. 

Musobaqa o‘tkaziladigan sana va vaqtlarga ham o‘zgardi 

 Yig‘ilishda musobaqa o‘tkaziladigan sana va vaqtlarga ham aniqlik kiritib o‘tilgan. Unga ko‘ra, mazkur bahslar quyidagicha taqvimda o‘tkaziladi:

6 avgust, 16:30 – erkaklar o‘rtasida sportchi yurish (20 km.); 
7 avgust, 05:30 – erkaklar o‘rtasida sportchi yurish (50 km.); 
7 avgust, 16:30 – ayollar o‘rtasida sportchi yurish (20 km.); 
8 avgust, 07:00 – ayollar o‘rtasida marafon; 
9 avgust, 07:00 – erkaklar o‘rtasida marafon. 

Ma’lumot uchun, Sapporo Yaponiyaning shimolidagi Xokkaydo orolida, Tokiodan 800 kilometr uzoqlikda joylashgan.

Teglar