Tokio yaqinida zilzila sodir bo‘ldi

  • 18:14 / 12.02.2020
  • 151

Yaponiya Meteorologiya agentligi xabariga ko‘ra, bugun, 12-fevral kuni mamlakat poytaxti Tokio shahridan biroz uzoqlikda 5,5 balli zilzila sodir bo‘lgan. 
Chuqurligi 80 kilometrni tashkil qilgan mazkur zilzila mahalliy vaqt bilan 19:42 da Fukusima prefekturasini qamrab oldi. 
Agentlik ma’lumotlariga tayanadigan bo‘lsak, jabrlanganlar va sunami xavfi yo‘q. 
Eslatib o‘tamiz, Yaponiyada seysmik silkinish va shu tufayli kelib chiqadigan sunami hodisasi tez-tez sodir bo‘lib turadi