Tokio-2020 yo‘llanmasini beruvchi Osiyo chempionatiga qur’a tashlandi

  • 16:38 / 26.09.2019
  • 1039

2020-yilning yanvarida Taylandda o‘tadigan U-23 Osiyo chempionatiga qur’a tashlandi. Qur’a natijasiga ko‘ra, musobaqaning amaldagi g‘olibi O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi «C» guruhida Janubiy Koreya, Xitoy va Eron OTJga qarshi kurash olib boradigan bo‘ldi, deya xabar bermoqda Tribuna.uzning rasmiy sayti.

Chempionat 2020-yil 8-26 yanvar kunlari Taylandning to‘rtta shahrida bo‘lib o‘tadi. Unda dastlabki uchta o‘rinni egallagan jamoalar Tokio Olimpiadasiga yo‘llanmani qo‘lga kiritadi. Yaponiya olimpiyachilari Olimpiada mezboni bo‘lishgani bois, yuqori uchlik orasida yaponlar ham bo‘lgan taqdirda, to‘rtinchi o‘rin sohibi ham litsenziya egasiga aylanadi.

Eslatib o‘tamiz
Mazkur yosh toifasida 2018-yili bo‘lib o‘tgan qit’a birinchiligida Ravshan Haydarov qo‘l ostidagi O‘zbekiston olimpiya termasi chempionlikni qo‘lga kiritgan edi. OTJning hozirgi avlodiga serbiyalik Lyubinko Drulovich ustozlik qilmoqda.

Teglar