Tokioda yozgi Olimpiya o‘yinlari o‘tkazilishining ehtimoliy sanasi ma’lum qilindi

  • 09:56 / 30.03.2020
  • 267

Koronavirus pandemiyasi tufayli kechiktirilgan Tokiodagi yozgi Olimpiya o‘yinlari, ehtimol, 2021-yil 23-iyulda ochilishi mumkin.

New York Times nashrining xabar berishicha, tashkilotchilar yozgi Olimpiya oʻyinlarining start olishi sanasiga aniqlik kiritmoqda va tez kunlarda u ommaga eʼlon qilinadi.
Hozirda rasmiylar nufuzli musobaqaning ochilish marosimini 2021-yilning 21-iyulida oʻtkazish boʻyicha yangi variantni oʻrganmoqda.
Maʼlum qilinishicha, Xalqaro Olimpiya qoʻmitasi (XOQ) Tokio shahri mezbonlik qiluvchi Olimpiya oʻyinlari oʻtkazilishi boʻyicha aniq sanalarini tez orada eʼlon qilmoqchi. Bu borada XOQ kecha, 29-mart kuni tashkilotchilar ishtirokida tezkor yigʻilish oʻtkazgan. Yigʻilishda tomonlar Olimpiya oʻyinlarining qaysi sanada oʻtkazilishini muhokama qilishgan. 

XOQ yakuniy qaror bir necha hafta ichida chiqishi mumkinligini aytmoqda. Ammo XOQ tomonidan berilgan ko‘rsatmalar tufayli nomini oshkor qilmagan odamlarning so‘zlariga ko‘ra, bu haqdagi xabar oldinroq e’lon qilinishi ham mumkin. Shanba kuni Yaponiyaning NHK telekanali ham yangi sana sifatida 2021-yil 23-iyulni e'lon qilib o‘tgan.