Tolibon bir yarim yil oldin qo‘lga olingan hind muhandislarini ozod qildi

  • 18:34 / 07.10.2019
  • 442

“Tolibon” 2018-yil may oyida Bog‘lan shahrida qo‘lga olingan hindistonlik uch muhandisni ozod qildi. Muhandislar Bagram qamoqxonasidan 11 tolibni ozod qilish evaziga qo‘yib yuborilgan, deb xabar beradi Tolonews.

Ma’lumot Tolibonning sobiq dala qo‘mondoni Sayid Muhammad Akbar Aga tomonidangina tasdiqlangan. “Tolibon” va Afg‘onistondagi rasmiylar bu ma’lumotlarga izoh berishmagan.

Bir yarim yil oldin, tolibonlar Bag‘londagi elektr stansiyasida ishlayotgan yetti nafar hindistonlikni o‘g‘irlab ketishgandi. Ulardan biri 2019-yilning martida ozod qilindi. Yana uch kishining taqdiri noma’lum. Tolonews xabariga ko‘ra, ozod qilingan tolibonlar orasida Kunar va Nimroz viloyatlarining sobiq hokimlari ham bor.

Eslatib o‘tamiz, sentabr oyida AQSh Prezidenti Donald Tramp Kobuldagi teraktdan keyin Tolibon bilan muzokaralarni to‘xtatdi. Terakt uchun Tolibon javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi.

Teglar