Tolibon mahbuslarni almashishdan bosh tortdi

  • 19:54 / 07.04.2020
  • 306

Bugun, 7-aprel kuni kuni Tolibon Afg‘oniston hukumati bilan mahbuslarni almashish bo‘yicha muzokaralarni to‘xtatdi.

Bu haqda Tolibonning Qatardagi siyosiy idorasi vakili Suhail Shoxin Twitter’dagi sahifasida ma’lum qildi. “Biz Qobulda mahbuslarni ozod etish bo‘yicha harakatimizni boshlashimiz kerak edi. Ammo, baxtga qarshi, uni noma’lum sabablarga ko‘ra kechiktirdik. Shuningdek, bizning tomon ertadan boshlab samarasiz yig‘ilishlarda ishtirok etmaydi”, dedi Suhail.

Eslatib o‘tamiz,  joriy yilning 29-fevral kuni AQSh va Tolibon 18 yildan ortiq davom etgan urushni yakunlash maqsadida tinchlik bitimini imzolagandi. Bitimga muvofiq AQSh Afg‘onistondagi qo‘shinlarini olib chiqib ketishi, Tolibon esa mahbuslarni ozod etishi kerak edi.

10-mart kuni AQSh kelishuvga muvofiq, Afg‘onistondan qo‘shinini olib chiqishning dastlabki bosqichini boshlagandi. Ammo 5-aprel kuni Tolibon AQShni bitim shartlarini buzganlikda ayblab, boyonot e’lon qildi.