Tomoshabinlar uchun “o‘lja”: Janubiy Koreyada tomoshabinlarni kinoteatrlarga chorlash uchun chegirmali kuponlar tarqatiladi

  • 17:10 / 01.06.2020
  • 69

Kinoteatrlarga odamlarni chorlash va Koreyada kino sanoatini quvvatlash uchun chegirmali kuponlar tarqatiladi. Kinoga chipta xarid qilishda 60 foizli chegirmalar beriladi. Ushbu yangi tizim dushanba kunidan boshlandi va uch hafta davomida ishlaydi. Shu maqsadda 1,3 million dona kupon ishlab chiqarildi.

Koreya kinoteatrlari Osiyoda koronavirus paydo bo‘lishi bilan birinchilardan bo‘lib yopilgan edi. Davlatda yanvarning o‘zida tomoshabinlar soni kamayib borgan. Koreyada kinoteatrlar yana qayta ochilgan, oraliq masofalar va kontaktsiz ish rejimi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lsa ham, tomoshabinlar miqdori kamligicha qolmoqda. Bu nafaqat mahalliy operatorlarga, balki gollivud studiyalari va xalqaro kinokompaniyalar uchun ham taalluqlidir. Distribyutorlar yozning o‘rtalarida hayot o‘z holiga qaytishiga umid bog‘lashmoqda.