Toni Fergyuson MakGregorga qarshi jang qilishi mumkin

  • 17:07 / 21.05.2020
  • 229

Yengil vazn toifasidagi UFC jangchisi Toni Fergyusonning murabbiyi Eddi Bravo Konor MakGregor bilan jang tashkil qilishni rejalashtirayotganini ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, UFC 249 musobaqasidagi mag‘lubiyatdan so‘ng Fergyusonning MakGregor bilan jang qilishi eng muqobil variant hisoblanadi.
 
Ma’lumki, ushbu turnirda Habib Nurmagomedovning qatnasha olmasligi aniq bo‘lgach, promoushen Konor MakGregor bilan shartnoma tuzishga harakat qilgandi. Ammo yakunda Jastin Getji Fergyusonga qarshi oktagonga chiqdi va beshinchi raundda “El Kukuy”ni texnik nokautga uchratdi.
 
“Getji – Habib va   Toni – Konor juftliklari bir xil kartada bo‘lsa, qanday bo‘ladi? Bu yil voqeasiga aylanadi. Butun dunyo bizni tomosha qiladi”, deydi murabbiy.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Konor MakGregorning murabbiyi Jon Kavana shunga o‘xshash taklif bilan chiqqandi.

Teglar