Toshkent Gran-prisidan keyin o‘zbekistonlik dzyudochilarning Olimpiya reytingidagi o‘rni o‘zgardimi?

  • 21:52 / 24.09.2019
  • 755

Xalqaro dzyudo federatsiyasi ortda qolgan Toshkent Gran-prisidan so‘ng dzyudochilarning yangilangan Olimpiya reytingini e'lon qildi. E'tiborlisi, Gran-prida zafar quchgan Hikmatilloh To‘rayev (-73 kg) va Sharofiddin Boltaboyev (-81 kg) reytingda sezilarli darajada o‘sishga erishdi. Garchi Toshkent musobaqasini o‘tkazib yuborgan bo‘lsa ham Sharofiddin Lutfillayev -60 kg vaznda Olimpiya reytingini boshqarib turibdi.

-60 kg:

1(1). Sharofiddin Lutfillayev (O‘zbekiston) – 3607 ochko
21(31). Diyorbek O‘rozboyev – 1160 ochko (yo‘llanma zonasida)
45(56). Kemran Nurillayev – 597 ochko (yo‘llanma zonasida emas)

-66 kg:

1. Joshiro Maruyama (Yaponiya) – 4250 ochko
16(21). Sardor Nurullayev – 1644 ochko (yo‘llanma zonasida)
23(22). Shahram Ahadov – 1239 ochko (yo‘llanma zonasida)

-73 kg:

1. Rustam Orujov (Ozarbayjon) – 3465 ochko
12(17). Hikmatilloh To‘rayev – 2076 ochko (yo‘llanma zonasida)

-81 kg:

1. Sagi Muki (Isroil) – 4384 ochko
8(23). Sharofiddin Boltaboev – 1925 (yo‘llanma zonasida)

-90 kg:

1. Noel van T End (Gollandiya) – 3901 ochko
61(68). Davlat Bobonov – 435 ochko (yo‘llanma zonasida emas)

-100 kg:

1. Xorxe Fonseka (Portugaliya) – 3876 ochko
24(25). Muhammadkarim Xurramov – 1243 (yo‘llanma zonasida)

+100 kg:

1. Lukash Krpalek (Chexiya) – 4411 ochko
5(11). Bekmurod Oltiboyev – 2234 ochko (yo‘llanma zonasida)
41(50). Alisher Yusupov – 689 ochko (yo‘llanma zonasida emas)

Ayollar:

-52 kg:

1. Nasumi Sunoda (Yaponiya) – 2650 ochko
28(26). Diyora Keldiyorova – 991 ochko (qit'aviy kvota)

-70 kg:

1. Maria Eve Gaxe (Fransiya) – 4090 ochko
23(30). Gulnoza Matniyazova – 1330 ochko (yo‘llanma zonasida)

Eslatib o‘tamiz:

– Yuqorida faqat Olimpiada reytingi keltirib o‘tilgan, jahon reytingi emas.
– Reytingda yetakchilar va unga eng yaqin vakillarimiz ko‘rsatilgan.
– Bir vaznda 2 yoki undan ortiq dzyudochi yo‘llanma zonasida bo‘lsa, qaysi sportchi Olimpiadaga borishini MOQ va federatsiya tanlaydi.
– Olimpiada reytingini yig‘ish 2020-yilning 25-may sanasida yakunlanadi.