Toshkent davlat yuridik universiteti yana bir nufuzli tashkilot bilan hamkorlik o‘rnatdi

  • 12:20 / 05.03.2020
  • 372

Joriy yilning 4-mart kuni Xalqaro xususiy huquq bo‘yicha Gaaga konferensiyasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. 
Ushu tadbir davomida Toshkent davlat yuridik universiteti va Xalqaro xususiy huquq bo‘yicha Gaaga konferensiyasi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik kelishuvi imzolandi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, Xalqaro xususiy huquq bo‘yicha Gaaga konferensiyasi 1893-yilda xalqaro xususiy huquq normalari unifikatsiyasini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan xalqaro tashkilot bo‘lib, O‘zbekiston ham unga to‘laqonli a’zo sifatida qabul qilindi. Toshkent davlat yuridik universiteti mazkur nufuzli xalqaro tashkilot bilan hamkorlik kelishuvini imzolagan dunyodagi 17-universitet hisoblanadi.

Kelishuv doirasida taraflar o‘qituvchi, doktorant va talabalarni Xalqaro xususiy huquq bo‘yicha Gaaga konferensiyasiga malaka oshirishga yuborish, hamkorlikda ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish, TDYuU’ga xalqaro ekspertlarni jalb etish, qo‘shma tadbirlarni o‘tkazish ko‘zda tutilgan.