Toshkent hokimligi murojaat va so‘rovnomalar uchun yangi portalni ishga tushirdi

  • 09:39 / 12.08.2019
  • 117

Toshkent hokimligi shaharning har bir kishisi dolzarb masalalar bo‘yicha o‘z fikrini bildirishi va shahardagi eng yaxshi tashabbuslar uchun o‘z ovozini berishi mumkin bo‘lgan “Mening ovozim” deb nomlangan yangi portalni ishga tushirganini e'lon qildi. 

Hokimlik matbuot xizmatida ma'lum qilinishicha, ushbu mo.tashkent.uz saytida bir necha bo‘lim mavjud:    

- “Shahardagi yangiliklar” – bu bo‘limda shahar ma'muriyati tomonidan amalga oshirilgan ishlar haqida ma'lumot beriladi;

- “Afisha” – bu bo‘limda rejalashtirilayotgan va amalga oshirilgan tadbirlar haqida ma'lumotlar keltiriladi;

- “So‘rovlar” bo‘limida Toshkentning har bir kishisi shahardagi o‘zgarishlar bo‘yicha ovoz berishi, o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashishi va har bir so‘rovnomada ishtirok etganlik uchun ballar olishi mumkin.

1000 ball to‘plaganlar “Rag‘batlantirish do‘koni” bo‘limida ularni esdalik sovg‘alari, brend kiyimlar, elektronika va turli tadbirlarga chiptalarga almashishi mumkin.