Toshkent shahri aholisi orasidan yana 9 nafar bemor aniqlandi

  • 17:40 / 30.05.2020
  • 215

Koronavirus bilan yangi kasallanish holatlarining 9 nafari Toshkent shahrida aholi orasidan aniqlandi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi maʼlum qildi.
 
2020 yil 30 may soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 10 nafarga oshib, 3523 nafarni tashkil etmoqda. 
 
Maʼlum qilinishicha, yangi kasallanish holatlarining 9 nafari Toshkent shahrida aholi orasidan, yana 1 nafari esa Karantin markazidagi xorijdan kelgan fuqarolar orasidan aniqlangan.
 
Ayni paytda mamlakatda 2783 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar sog‘aygan.
 
Hozirda respudlika shifoxonalarida 726 nafar bemorga belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.
 
Eslatib o‘tamiz, kecha 29-may holatiga ham Toshkent shahri aholisi orasida 4 nafar koronavirus infeksiyasiga chalinganlar qayd etilgan edi.