Toshkent shahrida 900 dan ortiq ko‘p qavatli uylarning kommunikatsiya tizimi ta’mirlanadi

  • 11:51 / 23.05.2020
  • 66

Toshkent shahar hokimining “Toshkent shahri iqtisodiyot tarmoqlari, uy-joy fondi va ijtimoiy soha ob’yektlarini 2020–2021-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorlash to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Mazkur qarorda joriy yilda kommunal sohada amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan bir qator vazifalar belgilangan.

Xusasan, Toshkent shahridagi ko‘p qavatli uylarning 1 438 ming kvadrat tom qisimini, 921 ta ko‘p qavatli uylarning muhandislik kommunikatsiya tizimini ta’mirlash va 24 738 p/m toza ichimlik suvi tarmog‘i, 5 ta yangi lokal qozonxona qurish rejalshtirilgan.

Shuningdek, 8 654 ta smart hisoblagich, 700 ga yaqin yangi lift uskunasi o‘rnatish va 100 ga yaqin bolalar maydonchasini barpo etish ham ko‘zda tutilgan.

Eslatib o‘tamiz, ko‘p kvartirali uy-joylar, iqtisodiyot va ijtimoiy soha obyektlarini kuz-qish mavsumiga tayyorlash ishlari 15-sentabr kuniga qadar yakunlanishi belgilangan.